KXDR yangi raketalarni sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya bir necha qisqa masofali ballistik raketalarni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda "DW" nashri.
Janubiy Koreya manbalarining qayd etishicha, raketa sinovi dastlab Pxenyan atrofidan amalga oshirilgan. Oradan bir soat o‘tib, Vonsan hududidan Sharqiy dengiz tomon bir necha ballistik raketa uchirilgan.
Mazkur jarayonlar fonida Seulda Milliy xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishi chaqirildi. Rasmiylar KXDRdan BMT Xavfsizlik Kengashi qarorlarini buzuvchi harakatni to‘xtatishni talab qildi.
Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon so‘nggi vaqtlarda Shimoliy Koreya bilan munosabatlarni yumshatishga qaratilgan qadamlar tashlagan edi. Biroq Pxenyan rasmiylari Janubiy Koreyani dushman davlat sifatida ta’kidlab, keskin bayonotlar bilan chiqishda davom etyapti.
Ma’lumot o‘rnida: bu joriy yilda KXDR tomonidan o‘tkazilgan to‘rtinchi raketa sinovi hisoblanadi.
D.Hakimov, O‘zA