KXDR qit’alararo yangi ballistik raketa tizimini sinovdan o‘tkazdi
Shimoliy Koreya kuchli raketa dvigateli va faol himoya tizimiga ega yangi tankni sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “France 24” nashri.
Ta’kidlanishicha, Pxenyan tortish kuchi 2500 kN bo‘lgan qattiq yonilg‘ili raketa dvigatelini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazgan va jarayonni mamlakat yetakchisi Kim Chen In shaxsan kuzatib turgan.

Ekspertlar fikricha, yangi qurol uzoq masofaga uchish qobiliyatiga ko‘ra, hatto AQSH hududiga ham etib borishi mumkin.

Xabarda yozilishicha, KXDR rahbari nazoratida faol himoya tizimi (APS) bilan jihozlangan yangi Chonma-2/M2020 tanki ham sinovdan o‘tkazilgan. Ushbu tizim kelayotgan snaryad va raketalarni bexato ravishda qaytarishga qodirligi aytilmoqda.
O‘.Alimov, O‘zA