Kuzgi shudgorlash – hosildorlik garovi
Fargʻona viloyatida kuzgi shudgorlash ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda.
Fargʻona viloyatida kuzgi shudgorlash ishlariga alohida eʼtibor berilmoqda. Bu borada tumanlardagi mashina traktor parklarida mavjud shudgor ishlarida qatnashadigan texnikalarning sozligi ham muhim ahamiyatga ega.
Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Buvayda tumanidagi mashina traktor parkida boʻlib, texnikalarning holati bilan yaqindan tanishdi hamda texnikalar sonini koʻpaytirish, ularning ish unumdorligini yana-da oshirish kerakligi boʻyicha topshiriqlar berdi. Mexanizatorlar bilan uchrashuv chogʻida viloyat hokimi shudgor ishlarini oʻz vaqtida sifatli bajarishga muhim eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi. 15 gektar haydalgan yer maydoni uchun mukofot puli belgilanishini aytib oʻtdi.
Tumandagi mashina traktor parkida 9 ta otryad tashkil etildi, ishchilarning sharoitlari yaxshilandi. 7 ta vagon ularning dam olishi uchun shay holatga keltirildi. Mavjud texnikalar va omochlar yangilandi. Bir mavsumga yetarli talab etilgan ehtiyot qismlar, oʻgʻit va yoqilgʻi taʼminoti uzluksizligi taʼminlanadi. Shuningdek, mexanizator va ishchilar munosib tarzda ragʻbatlantirilib boriladi.
Ayni paytda viloyatdagi mashina traktor parklari mexanizatorlar kuzgi shudgorlash ishlariga kirishmoqda.


