Kuarejma: "Portugaliyaning maqsadi Jahon chempioni bo‘lish"
Mundialda g‘alaba qozonish uchun barcha birdek harakat qilishi kerak.
Portugaliya terma jamoasi hamda Portu klubi sobiq futbolchisi Rikardu Kuarejma bo‘lajak Jahon chempionati haqida gapirdi.
"Jahon chempionatida g‘alaba qozonish barchamizning orzuimiz. Mundialda g‘alaba qozonish uchun barcha birdek harakat qilishi kerak. Portugaliya allaqachon Yevropa chempioni bo‘lgan, Millatlar ligasida g‘alaba qozongan va endi navbat Jahon chempionligiga. Bu to‘rt ustiga olcha bo‘ladi", - dedi Kuarejma.
Portugaliya milliy terma jamoasi Jahon chempionatining "K" guruhida Kolumbiya, O‘zbekiston va pley-off bosqichi g‘olibiga qarshi bahs olib boradi.