Kredit tarixida kechikishi bor aholi loyihalari individual baholanib, moliyalashtiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Kredit tarixida kechikish bo‘lgan ehtiyojmand aholining loyihalarini ham individual baholash asosida imtiyozli moliyalashtirish imkoniyati yaratiladi.
Kambag‘allik jamg‘armasidagi 240 milliard so‘m, Bandlik jamg‘armasidagi 100 milliard so‘m va uchta “daftar”dagi 760 milliard so‘m mablag‘ tuman shtablari ixtiyoriga beriladi.
Endi tuman shtabi subsidiya yoki foizsiz ssuda berish masalasini ham mustaqil hal qiladi.
Tadbirkorlik kompaniyasining kompensatsiyalar uchun yil yakuniga qadar nazarda tutilgan 300 milliard so‘mlik qoldig‘i ham shtablar orqali ajratiladi.
Shu tariqa tumanlar ixtiyoriga jami 3 trillion 200 milliard so‘m resurs yo‘naltirilib, mablag‘larning aniq natija berishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘zA