Kredit qarzi va boy berilgan mol-mulklar...
Bugun aholini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab quvvatlash, tadbirkorlikni boshlash va rivojlantirish maqsadida banklar tomonidan turli xil imtiyozli kreditlar taqdim etilmoqda.
Ammo, olingan kredit mablag‘ini o‘z vaqtida qaytarmay, shartnoma talablarini buzayotganlar ham bor.
Qonunchilikka ko‘ra, shartnoma shartlari buzilganda kredit mablag‘larini undirish sudning hal qiluv qarorlariga asosan, majburiy tartibda undiriladi.
Xuddi shu kabi ijro varaqalaridan biri Byuroning Andijon tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudiga asosan mazkur yirik qarzdorlik ko‘rib chiqildi.
Unda ATB «Sanoatqurilishbank» Andijon mintaqaviy filiali qarzdor MCHJ va boshqalardan 336 413,84 AQSH dollari, milliy valyutada 3 milliard 616 million 448 ming 780 so‘m kredit qarzdorligi borligi oydinlashgan.
Olib borilgan ijro harakatlarida qarzdorlarning garovdagi “TRACKER” rusumli avtomashinasi, shuningdek, 2 ta turar joy binolari xatlanib, onlayn auksion savdoga chiqarilgan. Sotuvdan tushgan pul esa kredit qarzdorligi uchun yo‘naltirilgan.
O‘zA