Ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus sovg‘alar
“Ko‘ngil ko‘zi” loyihasi doirasida sovg‘alar karvoni Jizzaxga yetib keldi. Sovg‘alar shahardagi ko‘zi ojiz bolalarga yetkazib berildi.
Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijroiya apparati sektor mudiri Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram- kanalida ma’lum qildi.
“Ko‘ngil ko‘zi» loyihasi doirasidagi sovg‘alar karvonimiz an’anaga ko‘ra, yana viloyatlarga chiqdi. Bu safar Jizzaxdagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari bilan uchrashdik va juda samimiy suhbatlashdik. Fursatdan foydalanib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklayman. Bayramingiz muborak bo‘lsin!” deya yozuv qoldirgan Saida Mirziyoyeva.
To‘plam Brayl yozuvi uchun moslama va stiluslar, sport anjomlaridan iborat.
<iframe width="1519" height="527" src="https://www.youtube.com/embed/HusZ82pK8Tw" title="Ko‘zi ojiz bolalar uchun maxsus sovg‘alar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>O‘zA