Korxonalarning eksport ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi
Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasida qo‘mita raisi Iqboljon Ergashev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda pillachilik va urug‘chilik korxonalari rahbarlari videokonferensiya orqali ishtirok etdi.

Yig‘ilishda yil yakuni bo‘yicha tizim korxonalarining eksport ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi. Har bir korxonaning eksport ko‘rsatkichlari alohida muhokama qilindi.

Shuningdek, bahorgi pilla yetishtirish mavsumi uchun ipak qurti urug‘lari yetishtirish shartnomalarini tuzish ishlari e’tibor markazida bo‘ldi.

Ko‘rsatkichlarda qoloqlikka yo‘l qo‘yayotgan korxonalar ogohlantirilib, qo‘mita raisi tomonidan yakuniy muddat belgilab berildi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA