Korxona va tashkilotlar soni nega kamaydi?
Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga, Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (dehqon va fermer xo‘jaliklarisiz) soni 39,9 mingtani tashkil etdi. Shundan 33,6 mingtasi yoki 84,1 foizi kichik korxona va mikrofirmalardir. Uning 13,3 mingtasi, yoki 39,9 foizi savdo bilan shug‘ullanuvchi korxonalar.
Mutaxassislarning fikricha, korxona va tashkilotlarning soni 2022-yilga nisbatan qariyb o‘n mingtaga kamayib ketganini, ammo ularning foydasi oshib yiriklashayotgani, turdosh kichik korxonalar ular bilan birlashib ketgani bilan izohlashmoqda. Shunday qilib, Farg‘ona tajribasi kelajak iqtisodiy baquvvat yirik korxonalarda ekanini ko‘rsatmoqda.

Muhammadjon Obidov, O‘zA