Korxona imkoniyatlari kengaymoqda
FOTOREPORTAJ
Buxoro viloyati Olot tumanidagi “Olot non bozori” xususiy korxonasida qolipli non va turli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarilib, bozor rastalari hamda do‘konlar orqali aholiga yetkazib berilmoqda.
Korxonada 10 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Bu yerda yiliga 300 ming donadan ortiq qolipli non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Qiymati 1,5 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan mahsulotlar aholiga yetkazib berilmoqda.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati nafaqat tuman aholisining ehtiyojini qondirish, balki mahsulotlarni qo‘shni hududlarga ham yetkazib berish imkonini bermoqda.
Faoliyat ko‘lamini izchil kengaytirib borayotgan korxona kelgusi oylarda ishlab chiqarish quvvatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulot turlarini ko‘paytirish va mavjud texnologiyalarni modernizatsiya qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan.
[gallery-31300]
Bu esa aholini sifatli va hamyonbop oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda tumanda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA