Konstitutsiyaviy sud to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonun imzolandi
Davlatimiz rahbari O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonunni izoladi.
Qonunga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sud qonunlar, Oliy Majlis palatalari qarorlari, Prezident farmon va qarorlari, Hukumat va mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining Konstitutsiyaga muvofiqligini aniqlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston qonunlariga muvofiqligini aniqlaydi. Oliy sud tashabbusi bilan kelgan normativ-huquqiy hujjatlarning Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqadi.
Konstitutsiyaviy sud o‘z vakolatlari doirasida Konstitutsiya va qonunlarni sharhlaydi. Boshqa muhim jihatlar konstitutsiyaviy sud sudyasi o‘n yil muddatga saylanadi, va har bir sudya yakka tartibda saylanadi.
Konstitutsiyaviy sud tarkibi rais va uning o‘rinbosari bilan to‘qqiz nafar sudyadan iborat. Konstitutsiyaviy sud qarorlari va xulosalari rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kiradi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. Ayrim normalar (29-modda, 58-modda ikkinchi qismi va 59-modda) 2028-yil 1-yanvardan amalga kiritiladi.
N.Abduraimova, O‘zA