Konstitutsiyada yoshlar huquqining kafolati (+video)
Bugun yurtimizda yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, yangilangan Konstitutsiyada ham ko‘plab soha va yo‘nalishlar qatorida yoshlar masalasiga alohida ustuvorlik berilgan.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning qabul qilinishi bilan davlat o‘z zimmasiga yana bir mas’uliyat oldi. Yoshlar huquqlari aks etayotgan alohida moddaga ko‘ra, davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta’minlaydi. Ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag‘batlantiradi. Shuningdek, davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratib berishi belgilandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/BEOaUce0jNg" title="Konstitutsiyada yoshlar huquqining kafolati" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Konstitutsiya xalqning irodasini, ruhiyatini, ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettiradi. Unda jamiyat taraqqiyotiga turtki beruvchi, muhim ma’naviy omil bo‘lib xizmat qiluvchi g‘oyalar o‘z ifodasini topadi. Konstitutsiyada mujassamlashgan mafkura jamiyatni, xalqni muayyan maqsadlar sari yetaklaydi, ularni uddalash uchun safarbar qiladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi milliy istiqlol g‘oyasi va mustaqillik mafkurasining huquqiy asosini tashkil etib, xalqimizning istiqlolga, erkinlikka bo‘lgan intilishini, milliy axloqiy-ma’naviy qadriyatlarini aks ettirgan hamda ularni jamiyat ongiga, ayniqsa, yosh avlod ongiga singdirishga xizmat qiladi.
M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA