Ko‘mir ta’minotida shaffoflik (+video)
O‘tgan qish barcha xizmat sohalarini sinovdan o‘tkazdi. Undan albatta tegishli xulosalar qilindi. Masalan, Farg‘ona viloyati aholisiga bu yil o‘tgan yilga nisbatan 40 ming tonna ko‘proq ko‘mir ajratilgan. Shu kunlarda Beshariq, Buvayda, Quva, Quvasoy, Marg‘ilon kabi ko‘mir omborlarida aholi ehtiyoji uchun keltirilgan ko‘mir tarqatilyapti. “Ko‘mirta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Farg‘ona viloyat filiali taqsimot va yetkazishda ochiqlik, shaffoflik va ichki nazoratni yo‘lga qo‘ydilar. Zarur bo‘lsa tuman, qishloq va mahallalarga mahsus avtomashinalar buyurtma bo‘yicha ajratilgan miqdordagi ko‘mirni yetkazadi.

—Aholi uchun ko‘mirning narxi 300 so‘mu 30 tiyin. Ko‘mirga ehtiyoji bor fuqarolar o‘zlari ham omborlarga kelib o‘z transportlarida olib ketishlari mumkin, — deydi “Ko‘mirta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Farg‘ona viloyat filiali iqtisodchisi Zuhriddin To‘raqulov.

Ko‘mir omborlarida ish tartibli joriy qilingan. Har bir aholi birligi qaysi kun, necha tonna ko‘mir olishi mumkinligini biladi. Belgilangan narxlarda to‘lov qilingach, xaridorning shaxsiy nazorati ostida ko‘mir yuklab beriladi. Tarozi ko‘rsatkichlari ham shaffof.

—Angren ko‘mir konidan viloyatimiz aholisiga yetkazish uchun o‘rtacha bir haftada yuzta vagon kelyapti,— deydi Zuhriddin To‘raqulov. —Bu yil aholiga 191 ming tonna ko‘mir keltirib ta’minlashimiz belgilangan. Bugungacha 101 ming tonnadan ziyod yetkazib berildi. Bu 52 foizni tashkil etadi. Quvasoydan tashqari yana 7 ta ko‘mir omborlari bor. Ularda ham ish qizg‘in bormoqda.

“Ko‘mirta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati Farg‘ona viloyat filiali xodimlari Quvasoydagi ko‘mir omborida Farg‘ona tumani Shohimardon qishlog‘i vakillarini iliq kutib olishdi. Albatta o‘zbekona odatga ko‘ra xol-ahvol so‘radilar. So‘ng turnaqator kelgan o‘nta yuk mashinalariga belgilangan vagonlardagi ko‘mir yuklab berildi. Rasmiyatchilik tugagach yo‘l-patrul xizmati xodimlari kuzatuvida ular Quvasoydan Shohimardon tomon yo‘lga chiqdilar.


—Ikkita qishlog‘imiz anklav bo‘lsa-da prezidentimiz topshiriqlari bilan ko‘mir peshma-pesh olib borib berilmoqda. Har bir mahalla vakili kelib ustida turib ko‘mirni olyapti va aholiga taqsimlab bermoqda, — deydi Shohimardon mahalla fuqarolar yig‘ini nuroniylar kengashi raisi Abdusattor Oripov.

yaqin ko‘mir ajratilgan edi. Shu kunlarda “Ko‘mirta’minot” mas’uliyati cheklangan jamiyati xodimlari bu vazifaga alohida e’tibor qaratib ko‘mir yuklangan mashinalar karvoni chegaralardan ham tezkor o‘tishini tashkilladi.

Farg‘ona viloyatida aholiga ko‘mir yetkazib berish davom etmoqda.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/26IWMm4TBfs" title="KO‘MIR TA’MINOTIDA SHAFFOFLIK" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov.
Elyor Olimov olgan suratlar.