Komilov Akramjon Xusanovichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusida.
Komilov Akramjon Xusanovichning 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish korxonalarida ta’minot jarayoni logistika xarajatlari hisobi va auditini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/10.12.2019.I.16.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 14 avgust kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 49-uy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Tel.: (99871) 239-01-49
e-mail: tdiu@tsue.uz