Ko‘kdalada “Sudlar bog‘i” tashkil qilindi
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha hududlarda ko‘chat ekish ishlari jadal olib borilmoqda.
Loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va bo‘ta ko‘chatini ekish rejalashtirilgan, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish mo‘ljallangan.

Qashqadaryo sudyalari ham ushbu xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Ko‘kdala tumanida “Sudlar bog‘i” tashkil qilinib, manzarali daraxtlar bilan birga mevali daraxtlardan olma, o‘rik va olcha ko‘chatlari o‘tqazilib, tomchilatib sug‘orish tizimi yordamida parvarishi nazorat olindi.

Ko‘chat o‘tqazish jarayonida viloyat sudi raisining o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyev va Ko‘kdala tumani hokimi Xo‘rram Jo‘rayev ham ishtirok etib, xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shdi.
O‘lmas Barotov,
O‘zA muxbiri