Kodi Gakpoga «Tottenhem» va «Manchester Siti» qiziqmoqda
«Tottenhem» avvalroq Gakpo uchun «Liverpul»ga qariyb 60 million funt taklif qilgan.
«Liverpul» vingeri Kodi Gakpo klubini o‘zgartirishi mumkin. Niderlandiyalik futbolchiga APLning ikki klubi — «Tottenhem» va «Manchester Siti» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Munir Buolain ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
«Tottenhem» avvalroq Gakpo uchun «Liverpul»ga qariyb 60 million funt taklif qilgan. Biroq mersisaydliklar bu taklifni rad etgan. Endi «shporlar» yaxshilangan taklif bilan qaytishga tayyorlanmoqda.
«Shaharliklar» ham yaqin vaqt ichida niderlandiyalik futbolchi bo‘yicha o‘z taklifini yuborishni rejalashtirmoqda.