Ko‘chmas mulk bozori yarim yillikni barqaror o‘sish bilan yakunladi (+video)
Yilning birinchi yarim yilligida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizdan ortiq o‘sdi.
2026-yilda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli darajada oshdi. Mart oyidagi yuqori ko‘rsatkichdan keyin aprel–may oylarida kuzatilgan tuzatishdan so‘ng, iyun oyida bitimlar soni yana o‘sib, 2025-yil iyun oyiga nisbatan 20,4 foizga, 2024-yil iyun oyiga nisbatan esa 24,9 foizga yuqori bo‘ldi.
Joriy yilning iyun oyida ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni 25 mingdan oshdi. Bu o‘tgan oyga nisbatan 23 foizga ko‘p.
Bozor faolligining o‘sishi respublikaning barcha hududlarida bitimlar sonining ko‘payishi bilan birga kechdi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/swN1nvlvz0A" title="Ko‘chmas mulk bozori yarim yillikni barqaror o‘sish bilan yakunladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Iskandar Ismatov, O‘zA