Ko‘chat ekib bog‘ yaratish millatga xosdir
Mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Buxoro viloyatida ham ko‘plab xayrli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tashabbusi bilan Buxoro shahridagi NNT va do‘stlik uyida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi.
Unda viloyat Kengashi deputatlari, NNT va viloyatdagi milliy madaniy markazlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
[gallery-22546]
– Viloyatda faoliyat olib borayotgan 700 ga yaqin NNTlar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, joriy yilda e’lon qilgan davlat grantlarimizda ham mazkur yo‘nalishda mavzular e’lon qilinadi. G‘oliblikni qo‘lga kiritgan NNTlarimiz ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasi tadbirlarni amalga oshiradi, – deydi Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputati, Parlament komissiyasi a’zosi Madina Baratova.
– Bugun ekilgan ko‘chatlar kun kelib bo‘y cho‘zadi, – deydi viloyat Kengashi deputat, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili Abira Huseynova. –Albatta, uning soyasidan va mevasidan kelajak avlod bahramand bo‘ladi. Loyiha doirasida viloyatda ko‘plab xayrli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday xayrli tadbirlar, albatta, kelajakda o‘z mevasini beradi.
Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.