“Kitoblar karvoni” Andijonga yetib keldi
Yurtimizda yangi kitoblar nashr etish, aholi, ayniqsa, yoshlarning kitobxonlik darajasi va madaniyatini oshirish, kitobxonlikni targ‘ib etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
“Yoshlar oyligi” doirasida poytaxtimiz Toshkentdan yo‘lga chiqib, Andijonga yetib kelgan “Kitoblar karvoni” tadbiri ham ana shu yo‘nalishdagi ishlarning bir namunasidir.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan jahonda mashhur bo‘lgan 1000 ta kitobni tanlab olish, o‘zbek tiliga tarjima qilish va mamlakatimizda ommalashtirishga qaratilgan “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasida chop etilgan 20 nomdagi 3 ming 200 nusxadan ortiq kitoblar Andijon shahridagi Yoshlar markaziga yetib keldi.


Ushbu kitoblar endi viloyat, tuman, shahar axborot-kutubxona markazlari hamda oliy ta’lim muassasalari kutubxonalariga yetkaziladi.
Faxriddin Ubaydullayev,
O‘zA muxbiri.