Kilian Mbappe jahon chempionatlari tarixida tengsiz rekord o‘rnatdi
Mbappeni to'xtatib bo'mayapti.
Kilian Mbappe JCH–2026 chorak finalida Marokash milliy terma jamoasiga qarshi bahsda (2:0) bitta gol va bitta assist qayd etdi. Shu tariqa Fransiya sardorining turnirdagi gollari soni 8 taga yetdi.
Opta ma’lumotiga ko‘ra, Mbappe jahon chempionatlari tarixida ikki xil mundialda kamida sakkiztadan gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya milliy terma jamoasi JCH–2026 yarim finalida Ispaniya — Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.