Kelajakning mustahkam zamini
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-umumta’lim maktabining yangi sport zali foydalanishga topshirildi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-umumta’lim maktabining yangi sport zali foydalanishga topshirildi.–Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi maktab direktori Bahrom Mirsaidov. – Ta’lim maskanimizda zamonaviy sport zali bunyod etilgani pedagogik jamoamizni, ayniqsa o‘quvchilarni juda quvontirdi. Bu jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari sifatini yuksaltirish bilan birga, xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qiladigan sportchilar yetishib chiqishiga zamin hozirlaydi.