“Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi(+video)
Poytaxtimizda yoshlarning bandligini ta’minlash, yangi kasb o‘rganishi va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Kelajak tadbirkori – 2026” yarmarkasi tashkil etildi.
Qator vazirlik va tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tadbir doirasida ishtirokchilar uchun “Ishga marhamat” bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmasi, zamonaviy kasblarga o‘rgatuvchi “Kasblar akademiyasi” hamda bank va startap loyihalarini moliyalashtirishga mo‘ljallangan “Biznes laboratoriya” maydonlari faoliyat yuritdi.
Tadbir davomida tajribali tadbirkorlar ishtirokida mahorat darslari o‘tkazilib, yoshlarning innovatsion g‘oyalari qo‘llab-quvvatlandi. Yakunda hududlarda aholi bandligini ta’minlashda faollik ko‘rsatgan bir guruh yoshlar yetakchilari, hokim yordamchilari va bank xodimlari taqdirlandilar.
Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA