Kelajak soati - milliy ta’lim va tarbiya asosi (+video)
Yurtimizda ezgulik, insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” g‘oyasi keng targ‘ib etilmoqda. Bu jamiyatimizda sog‘lom dunyoqarashni rivojlantirib, bunyodkorlik tashabbusini umummilliy harakatga aylantirishga xizmat qilmoqda.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Kelajak soati” rukni ostida tashkil etilayotgan “Ma’rifat darslari”i https://milliytarbiya.uz/ platformasida joylab borilayotgan materiallardan unumli foydalanilgan holda muntazam o‘tkazilib borishi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur darslar belgilangan jadval asosida barcha kurs talabalarini qamrab olganholda yuqori saviyada o‘tkazib kelinmoqda. Jumladan, joriy o‘quv yilining boshidan hozirgi vaqtgacha o‘tkazilgan “Ma’rifat darslari”da “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”, “Bilim nima uchun kerak?”, “Axloq, intizom va mas’uliyat”, “Inson va tabiat”, “Ustoz va murabbiylar kuni”, “Internet va tahdidlar”, “Boqiy shaharlarimiz” va “21-oktyabr - “O‘zbek tili bayrami kuni” mavzusida darslar tashkil qilindi.
Shuningdek, “Ma’rifat darslari” jarayonlari guruh murabbiylari-tyutorlar hamda Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan muntazam monitoring qilinib, darslarning sifati va samaradorligi tahlil etilmoqda. Umuman olganda, “Ma’rifat darslari”loyihasi universitetda talabalar ma’naviyatini yuksaltirish,ularning ijtimoiy faolligini oshirish va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutmoqda.
Batafsil:
<iframe width="640" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/PViyH-CKEU4?si=SdgPXedtHDoSVJG9" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA