Kelajak sari ildam qadam: Geely texnologik innovatsiyalari “Pekin Avto 2026” ko’rgazmasida asosiy diqqat markazida
24-apreldan 3-mayga qadar bo’lib o’tayotgan “Pekin Avto Ko‘rgazmasi 2026” avtomobil sanoatining eng muhim tadbirlaridan biriga aylandi. Bu yilgi ko‘rgazmada 1,000 dan ortiq kompaniyalar 1,451 ta avtomobil bilan ishtirok etmoqda. Unda 181 ta jahon premyerasi namoyish etildi, shu vaqtga qadar ko’rgazma 1 millionga yaqin tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qildi.
Geely Auto Group ushbu ko‘rgazmada o‘zining uchta brendi — Geely, ZEEKR va Lynk & Co orqali keng texnologik mahsulot ekotizimini namoyish etdi. Ko‘rgazmaning asosiy taqdimotlaridan biri “Galaxy Light” 2-avlod konsept avtomobili bo‘ldi. Ushbu model Geely’ning aqlli elektrlashtirish davridagi yangi dizayn qarashlarini aks ettiradi.

Geely shuningdek, ilk bor yangi energiyali off-road avtomobillari uchun maxsus arxitekturani taqdim etdi. Bu platforma AI asosidagi boshqaruv, barcha yo‘l sharoitlari uchun aqlli rejimlar, avtomobilni bir tugma orqali qiyin yo’l sharoitidan chiqarish va faol kuzov holatini boshqarish kabi imkoniyatlarga ega. Bu innovatsiyalar Geely’ni off-road segmentida ham yetakchi brend darajasiga olib chiqishi kutilmoqda.
Ko‘rgazmada Geely i-HEV aqlli gibrid texnologiyasini ham namoyish qilidi. Ikkinchi avlod sun’iy intellekt ekotizimi asosida ishlab chiqilgan ushbu tizim yuqori samaradorlik, kuchli dinamik yurish hissi, xavfsizlik va ishonchlilikka yo‘naltirilgan.
Bundan tashqari Geely dunyodagi birinchi Robotaxi prototipini ham namoyish etdi. Geely Robotaxi – bu shaharlarda avtomatik harakatlanish texnologiyasini yangi bosqichga olib chiqadigan birinchi prototipdir. Ushbu to‘liq avtonom transport vositasi sun’iy intellekt va L4 darajadagi avtonom haydash texnologiyasini integratsiya qilish orqali shaharlar bo‘ylab inson ishtirokisiz harakatlanadi.

“Pekin Auto 2026’da Geely Galaxy M9, Galaxy V900, Xingyao 8, Xingyue L i-HEV, Galaxy M7 va StarWish kabi modellar ham namoyish etildi. Geely yangi avtomobillar davrida dizayn, xavfsizlik, energiya samaradorligi va yangicha harakatlanish tajribasini bir ekotizimda birlashtirmoqda.

Bundan tashqari, ZEEKR brendi ko‘rgazmada premium elektr harakatlanish yo‘nalishidagi yangi modellari bilan ishtirok etdi. Brend yangilangan ZEEKR 009, ZEEKR 9X va ZEEKR 8X modellarini taqdim etib, hashamatli elektr va gibrid avtomobillar segmentidagi imkoniyatlarini ko‘rsatdi.
Lynk & Co esa o‘zining sport xarakteri va elektrlashtirish yo‘nalishidagi yangi qarashlarini namoyish etdi. Brend Lynk & Co GT Concept sport konsept avtomobilini, shuningdek, global sport uslubidagi to‘liq elektr sedanlari — Lynk & Co 10+ va Lynk & Co 10 modellarini taqdim etdi. Ushbu modellar 900V yuqori kuchlanishli arxitektura, ilg‘or shassi texnologiyalari va sport boshqaruviga yo‘naltirilgan muhandislik yechimlari bilan ajralib turadi.

Geely Auto Group uchun Auto China 2026 faqat yangi avtomobillar namoyishi emas. Bu aqlli elektrlashtirish, premium avto, xavfsizlik, va sun’iy intellekt texnologiyalari va kelajak harakatlanish tajribasini birlashtirgan keng ekotizim taqdimotidir. Ko‘rgazmasida Geely texnologiyalari xalqaro OAV vakillari va avtomobil blogerlari e’tibor markazida bo‘ldi. Ular Geely’ning aqlli elektrlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalari, yangi energiyali avtomobillar, gibrid tizimlar va ilg‘or xavfsizlik yechimlari bo‘yicha yondashuvlarini yuqori baholadi.
Geely texnologik innovatsiyalari barchani hayratda qoldirishda davom etadi.
Geely’ga Media sayohat
Geely kompaniyasi “Pekin Avto Ko‘rgazmasi”dagi ishtiroki bilan bir qatorda o‘zining maxsus media-turi hamda dilerlar konferensiyasini ham tashkil etdi. Media-turga dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlaridan jurnalistlar va avtomobil blogerlari taklif etildi. Media-tur ishtirokchilari Geely’ning Hangzhou va Ningbo shaharlaridagi zavodilari va test markazlariga eksklyuziv tashrif buyurishdi. Ushbu tashrif davomida Media vakillari Geelyning eng yangi modellarini test drayv orqali sinovdan o’tkazishdi.
Shu bilan birga avtomobillarni “crash test” va boshqa xavfsizlik testlaridan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Jurnalistlar va blogerlar o‘zlari uchun nafaqat avtomobillarning texnik imkoniyatlarini, balki xavfsizlik tizimlari va innovatsion test jarayonlarini ham sinab ko‘rishdi. Bundan tashqari, ishtirokchilar Geely avtomobillarining yangi gibrid texnologiyalarini, sun’iy intellekt bilan boshqariladigan tizimlarini va aqlli haydash funksiyalarini bevosita tajribadan o’tkazishdi.
Geely’ning O’zbekistondagi rasmiy ofisi va sotuvdagi modellari haqida batafsil ma’lumotlarni uchbu manbalardan olishingiz mumkin.
Vebsayt: www.geelyuz.com
Call-markaz: +998 55 510 02 90
Instagram: @geelyuzbekistan
Telegram: @geelyuz_official