Kassatsiya shikoyati qanoatlantirilmadi
Mamlakatimizda atrof-muhit muhofaza qilish, iqlim musaffoligi hamda toza havo barqarorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bu borada Namangan viloyatida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi (ekopolitsiya) hamda uning hududiy bo‘limlari tomonidan tizimli amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bosh boshqarma (Ekopolitsiya) mutaxassislari tomonidan Pop tumanida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Pop sement” qo‘shma korxonasi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan reyd-nazorat tadbirlarida ekologik qonunchilik talablari buzilgani aniqlandi. Atrof-muhitni ifloslantirganlik uchun jami 829 million 25 ming 447 so‘m kompensatsiya to‘lovi hisoblandi.
– Mablag‘ni undirish yuzasidan iqtisodiy sudga kiritilgan da’vo arizasi birinchi instansiya sudi tarafidan qanoatlantirildi hamda hal qiluv qarori o‘zgarishsiz qoldirildi. Javobgar bildirgan kassatsiya shikoyati esa qanoatlantirilmadi, – deydi Namangan viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Orifjon Jo‘rayev. – Ushbu natija tabiat muhofazasiga oid tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlashda huquqiy choralarning amaliy ifodasidir.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA muxbiri