“Kasblar festivali” yoshlarning iqtidorini namoyon etdi
FOTOREPORTAJ
Andijon viloyati Bobur shahrida yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning zamonaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kasblar festivali” tashkil etildi. Unda viloyatdagi texnikumlar, kasb-hunar maktablari va professional ta’lim muassasalari faol ishtirok etdi.
Festival doirasida ta’lim muassasalari tomonidan o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rgazmalar, amaliy chiqishlar va taqdimotlar o‘tkazilib, ishtirokchilarga turli kasblarning o‘ziga xos jihatlari keng namoyish etildi.
Tadbirda tibbiyot, axborot texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish, qurilish, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik, tikuvchilik va oshpazlik kabi sohalar bo‘yicha o‘quvchilarning amaliy ishlari namoyish qilindi. Yoshlar tomonidan tayyorlangan innovatsion loyihalar, startap g‘oyalar va kasbiy mahorat namunalari qatnashchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Shuningdek, festival doirasida mahorat darslari, ochiq muloqotlar hamda kasb tanlashga oid targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi. Ularda yoshlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar, yangi imkoniyatlar va professional ta’limning ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berildi.
[gallery-29596]
Ta’kidlanganidek, bunday tadbirlar yoshlarning iqtidorini yuzaga chiqarish, ularni muayyan kasb egallashga rag‘batlantirish hamda bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA