Kasaba uyushmasidan begʻaraz yordam
Mamlakatimiz hududiga koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldin olish maqsadida joriy etilgan karantin davrida kam taʼminlangan oilalar, yakka yolgʻiz, ijtimoiy yordamga muhtoj fuqarolar, nogiron boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

–Xususan, xodimlarimiz 3 million 663 ming 479 soʻm miqdoridagi bir kunlik ish haqini ixtiyoriy ravishda “Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga oʻtkazdi, – deydi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi oʻrinbosari Muratboy Daniyarov.– Bundan tashqari, kasaba uyushmalari faollari oʻz xohishlari bilan 2 million 60 ming soʻmni ixtiyoriy ravishda ushbu fond hisobiga oʻtkazdilar.
Shuningdek, birlashma kengashi tomonidan Orolboʻyining chekka tumanlarida istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 10 million soʻmlik, tarmoq kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan 5 million 761 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.
Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan xayrli ishlar davom etmoqda.