Kamoliddin Örinboyev Qozoğiston Respublikasining II darajali « «Dostyq» («Döstlik») ordeni bilan taqdirlandi
Qozoğiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Özbekiston Respublikasi xalq artisti, Özbekiston davlat konservatoriyasi rektori, Özbekiston davlat simfonik orkestrining badiiy rahbari va boş dirijyori Kamoliddin Örinboyev Qozoğiston Respublikasining yuksak davlat mukofoti — II darajali « «Dostyq» («Döstlik») ordeni bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 29-oktabr kuni Ostona şahrida davlat mukofotlarini topşirişga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi.
Marosim davomida davlat rahbarining topşiriğiga binoan ordenni Qozoğiston Respublikasi vitse-prezidenti Yerlan Karin tantanali ravişda topşirdi.
Mazkur yuksak mukofot K.Örinboyevning köp yillik samarali ijodiy faoliyati, musiqa sanʼatini rivojlantiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş hamda xalqaro ijodiy hamkorlikni kengaytirişga qöşgan munosib hissasining eʼtirofi böldi.
Uşbu voqea davlat rahbarlari tomonidan olib borilayotgan ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, madaniy diplomatiyani rivojlantiriş hamda ikki qardoş xalq örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirişga qaratilgan izçil siyosat nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etadi.
N.Rahmonova,
ÖzA