Jurnalistlar poytaxt ko‘chalariga daraxt ekdi
O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida bir qator faol OAV vakillari bilan poytaxt ko‘chalariga daraxtlar ekishdi.
«Dolzarb 40 kunlik» aksiyasi doirasida poytaxtimizdagi Botanika bog‘i atrofiga 100 dan ortiq manzarali daraxtlar ekildi.


O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O‘sarovning aytishicha, mamlakatimizda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga hududiy bo‘lim xodimlari va OAV vakillari ham jalb qilinadi. Akuiyada aytilishicha, uyushma tomonidan poytaxt ko‘chalariga daraxt ekish ishlari an’anaviy davom etilishi rejalashtirilgan. Hashar davomida 100 dan ortiq hind nastarini va yasin ko‘chatlari ekilgan.


O‘zA