JSST Xitoyning koronavirus statistikasini tanqid qildi
Xitoy rasmiylarining koronavirus raqamlari mamlakatdagi vaziyat haqida aniq tasavvurni taqdim etmaydi va COVID-19 oqibatlaridan kasalxonaga yotkazilganlar va o‘lim sonlari haqidagi ma’lumotlar to‘g‘ri berilmayapti.
Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori martabali rasmiysi Mayk Rayan ma’lum qildi.
Avvalroq Xitoyning yetakchi olimlari JSST texnik maslahat guruhiga 1,4 milliard aholisi bo‘lgan mamlakatda koronavirusning yangi varianti topilmagani haqidagi ma’lumotlarni taqdim etgan edi. Xalqaro tashkilot Xitoyning pandemiyaga qarshi kurashini qattiq tanqid qildi, deya xabar beradi “Reuters” agentligi.
Avvalroq Xitoyda koronavirusga qarshi cheklovlarga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgan edi. Natijada Pekin ba’zi cheklovlarni yumshatdi va statistik ma’lumotlarni e’lon qilish yondashuvini o‘zgartirdi.
Shu bilan birga, Xitoy 8 yanvardan boshlab mamlakatning chegaralari bosqichma-bosqich ochilishi va fuqarolarning boshqa davlatlarga sayohat qilishlariga ruxsat berildi.
O‘zA