JSST maymun chechagi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 22 noyabr kuni favqulodda qo‘mita yig‘ilishini o‘tkazadi. Tadbirda tashkilot rahbari Tedros Adhanom Gebreyesus maymun chechagi bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’lumot beradi.
Avvalroq JSST Afrikada ushbu xastalik avj olishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatga molik jamoat salomatligi epidemiologik favqulodda holatini e’lon qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, qit’adagi Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish markazlari 13 avgust kuni xalqaro hamjamiyatni 2 million dozaga yaqin vaksina to‘plashda yordam berishga chaqirdi.

Maymun poxi kamdan-kam uchraydigan virus bo‘lib, immuniteti zaif odamlar uchun xavfli hisobalanadi. Kasallik yuqumli isitma, intoksikatsiya, kengaygan limfa tuguni va toshmaning keyingi tarqalishi bilan birga kechadi. Dastlab pufakchaga aylanadigan dog‘, ochilgandan keyin yara ko‘rinishida paydo bo‘ladi. Davodan keyin qobiq, so‘ngri chandiq izi qoladi. Yengil holatda kasallik, odatda, 14-21 kun davom etadi o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.