Jorti Mukio Belgiya emas Kongo Demokratik Respublikasi sharafini himoya qilishni tanladi
E’tiborli tomoni Kongo DR terma jamoasi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan va so‘nggi turda o‘zaro bahs olib boradi.
Asli kelib chiqishi Kongolik bo‘lgan, biroq Belgiyada yashab kelayotgan va ushbu mamlakat fuqaroligi qabul qilgan Jorti Mukio ona yurti safida to‘p tepishni afzal ko‘rdi.
Futbolchi ayni vaqtda Niderlandiyaning "Ayaks" klubi sharafini himoya qilib kelmoqda. 18 yoshli yarim himoyachi joriy mavsumda klub safida barcha turnirlarda 35ta uchrashuvda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
E’tiborli tomoni Kongo DR terma jamoasi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan va so‘nggi turda o‘zaro bahs olib boradi.