Jizzaxlik o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari” yetkaziladi (+video)
2024-2025 o‘quv yilida Jizzax viloyatidagi 562 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabiga jami 30 ming 850 nafar maktab yoshidagi bolajonlar ilk bor 1-sinfga qabul qilinadi.
“Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” hududlardagi o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.
Shu o‘rinda, umumta’lim maktablarining har bir 1-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilar elektron tizim(adm.maktab.uz)ga kiritib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – yurtdoshlarimizning farzandlarini o‘z vaqtida “Prezident sovg‘asi” bilan to‘liq ta’minlashdan iborat.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JZMj04icOlk" title="Jizzaxlik oʻquvchilarga “Prezident sovgʻalari” yetkaziladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>A.Qayumov, (video) O‘zA.