Jizzaxdan ikki jamoa finalga yo‘llanma oldi
Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamkorligida futbol bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Charm to‘p” musobaqasining mintaqaviy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Jizzaxda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari hamkorligida futbol bo‘yicha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Charm to‘p” musobaqasining mintaqaviy uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.Jizzax politexnika instituti stadionida to‘rt kun davom etgan musobaqalarda Toshkent shahri, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining har biridan 3 tadan jamoa finalga chiqish uchun bahslashdi.
Uch yosh toifasidagi o‘quvchilardan tuzilgan jamoalar o‘rtasida o‘tgan musobaqalarda mezbonlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Natijada finalga beriladigan uchta yo‘llanmaning ikkitasi jizzaxlik o‘quvchilarga nasib etdi. Arnasoy tumanining 5-6 sinflari, Sharof Rashidov tumanining 7-8 sinflari, Toshkent shahri Chilonzor tumanining 9-10 sinflari o‘quvchilaridan iborat jamoalar “Charm to‘p” musobaqasining poytaxtimizda o‘tkaziladigan final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
– Ushbu musobaqada g‘olib bo‘lganimizdan xursandmiz, – deydi Arnasoy tumanidagi 8-umumta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Navro‘z Mamadullayev. – Maktabimiz futbol to‘garagida ikki yildan buyon shug‘ullanayotganim bois bugungi musobaqada yaxshi o‘yin ko‘rsatdim, deb o‘ylayman. Finalda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun astoydil kurashamiz.