Jizzaxda eng yaxshi tarbiyachilar taqdirlandi
Jizzax shahrida “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2022” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan kasbiy ko‘rik-tanlovning taqdirlash marosimiga bag‘ishlangan tadbirda viloyat hokimligi, maktabgacha ta’lim boshqarmasi va uning shahar, tuman bo‘limlari rahbarlari, boshqarmaning hududiy bo‘limlarida ta’lim sifati bo‘yicha mas’ullar, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari, tanlovning quyi shahar va tumanlar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan tarbiyachilar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Hakamlar hay’ati xulosalariga ko‘ra, g‘olib, sovrindor va turli nominatsiyalar sohiblari diplom, faxriy yorliq va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
G‘oliblar Toshkent shahrida o‘tishi rejalashtirilgan ko‘rik-tanlovning respublika bosqichida Jizzax viloyati sharafini himoya qiladi.
A.Qayumov, O‘zA