Jizzax za’faroni Xitoy bozorida
O‘zbekistonda milliy za’faronchilik rivojlangani sari, uning eksport geografiyasi ham kengayib bormoqda. Dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatlardan biri Xitoy endilikda Jizzax viloyatining Baxmal tumani dalalarida yetishtirilayotgan o‘zbek za’faroni uchun o‘z eshiklarini ochdi.
Bir necha yillik chuqur va tahliliy tekshiruvlardan keyin O‘zbekiston va Xitoy idoralararo komissiyasi xulosasiga ko‘ra za’faron tegishli ruxsatnomaga ega bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida shuni alohida ta’kidlash joizki, BMB Za'faron mahsuloti joriy yil boshida mintaqamizda birinchi bor o‘zbek za’faronining Amerika bozorlariga kirishiga imkon beruvchi USDA Organic – AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ekologik sertifikatiga ega bo‘lgandi.
A.Qayumov, O‘zA.