Jizzax viloyatida ham ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Referendumini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrugi tarkibida jami 522 ta referendum uchastkasi mavjud bo‘lib, bugun o‘tayotgan siyosiy jarayonda ro‘yxatga olingan 785 ming 494 nafar umumiy ovoz beruvchilarning asosiy qismi bungi referendum jarayonlarida faol ishtirok etib, o‘z fuqarolik huquqidan foydalanishi kutilmoqda.
[gallery-11646]
– 4-Jizzax okrugi turli sabablarga ko‘ra bugun referendum kuni yashash manzilida bo‘lolmaydigan 6 ming 524 nafar fuqaromiz muddatidan oldin ovoz berish jarayonida ishtirok etgan va uchastka komissiyasi a’zolari ovoz bergan har bir fuqaroni SJBATdagi ovoz beruvchi fuqarolar ro‘yxatida muddatidan oldin ovoz bergan fuqaro sifatida belgilab borgan, – deydi 4-Jizzax okrugi komissiyasi raisi Shavkat Sharipov. – Shuningdek, 18-30 yoshdagi 256 ming 255 nafar ovoz beruvchi yoshlarimiz ro‘yxatga olingan.
Barcha 522 ta referendum uchastkalarida fuqarolarimizning emin-erkin ovoz berishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
A.QAYUMOV, O‘zA