Jinoyatchilik oshgan "qizil" hudud
Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida Adliya va ichki ishlar boshqarmalari hamkorligida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, joylarda manzilli targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bunda asosan, jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yangiyer shahridagi T.Malik mahallasi “qizil” hudud sifatida belgilangan. Mas’ullarning ushbu mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqotlari mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va jinoyatchilikka imkon yaratib bergan shart-sharoitlar keng muhokama qilindi.


– Targ‘ibot tadbirlari “xonadonbay” tarzda davom ettirilib, mahalladagi ko‘p qavatli uylarda tushuntirish ishlari olib borildi, – deydi Yangiyer shahar adliya bo‘limi boshlig‘i Laziz Xudoyqulov. – Targ‘ibot ishlari davomida aholi osoyishtaligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Zaruriy profilaktik choralarni yanada kuchaytirish bo‘yicha fuqarolarning takliflari tinglandi. Suhbatlar jarayonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sh.Suyarov, O‘zA