Jinoyat ishi bo‘yicha ashyoviy dalil bo‘lgan mobil telefonlar yo‘q qilindi
Majburiy ijro byurosining Yunusobod tuman bo‘limi ish yurituviga Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining 2026-yil 15-maydagi ijro varaqasi kelib tushdi.
Mazkur ijro hujjatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244¹-moddasi ikkinchi qismi hamda boshqa moddalari bilan aybli deb topilgan F.N.ga oid jinoyat ishida dastlabki tergov organi tomonidan ashyoviy dalil sifatida e’tirof etilgan bir dona Samsung, iPhone 12 mini va iPhone 12 Pro Max rusumli mobil telefonlarni sud hukmi qonuniy kuchga kirgach belgilangan tartibda yo‘q qilish belgilangan.

Ijro hujjati 2026-yil 24-iyun kuni bo‘lim ish yurituviga kelib tushib, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi qonunning 23-moddasiga muvofiq ijro ishi qo‘zg‘atildi.
Majburiy ijro harakatlari davomida 2026-yil 27-iyun kuni xolislar ishtirokida mazkur mobil telefonlar belgilangan tartibda yaroqsiz holatga keltirilib, yo‘q qilindi.
Majburiy ijro byurosi tomonidan sud hujjatlarining ijrosi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilgan holda ta’minlanib, jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillarni yo‘q qilish jarayonlari ham belgilangan tartibda amalga oshirilmoqda.
Hamroz Bayonov, O‘zA