Jeymi Karrager: Tuxelning yondashuvi hurmatga sazovor
Uning qarorlari bilan bahslashish mumkin, biroq uning yondashuvi hurmatga loyiq.
Angliya terma jamoasi va "Liverpul" klubi sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Tomas Tuxel tanlagan tarkib haqida fikr bildirdi.
"Tomas Tuxel jahon chempionatiga boradigan tarkibni e’lon qilar ekan, futbol assotsiatsiyasi Angliya terma jamoasi uchun aynan shunday murabbiy xohlaganini isbotladi. Ya’ni avvallari futbolchilik faoliyatim davomidi va keyinchalik mutaxassis sifatida Angliya murabbiylari bir xil muammoga duch kelishlarini kuzatganman. Ular mashhur yulduzlarga haddan tashqari e’tibor qaratishar, jamoasining obro‘siga qarab ularni tanlashar va jamoadagi muvozanatni ushlash uchun yulduz futbolchilardan kechishga qo‘rqishar edi. Men aniq ayta olamanki, mening davrimda agentlar, jurnalistlar, tajribali futbolchilar va terma jamoa atrofidagi boshqa insonlarning fikriga haddan ziyod quloq soladigan murabbiylar ishlagan. Tuxel esa unday emas va o‘zi bilganicha ish ko‘radigan mutaxassis ekanini ko‘rsatib qo‘ydi. Uning qarorlari bilan bahslashish mumkin, biroq uning yondashuvi hurmatga loyiq", - dedi Karrager.
Eslatib o‘tamiz, Tomas Tuxel ko‘plab yulduzlarni terma jamoaga chaqirmadi va yoshlarga imkon berishni afzal ko‘rdi.