JCh-2026'dan so'ng Entoni Teylor hakamlik faoliyatini yakunladi
47 yoshli referi JCH-2026 dan so‘ng faoliyatida «yangi bosqich»ni boshlash vaqti kelganini ta'kidladi.
Angliyalik taniqli futbol hakami Entoni Teylor hakamlik faoliyatiga yakun yasaganini rasman ma’lum qildi.
Tajribali hakam Angliya Premer-ligasida (APL) roppa-rosa 16 mavsum davomida ishladi. U faoliyati davomida ikkita Jahon chempionatiga taklif etilgan, 2017 va 2020 yillardagi Angliya kubogi finallari hamda 2023 yilgi Yevropa ligasi final uchrashuvini boshqargan.
Teylor O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatlaridagi tarixiy debyut uchrashuvida (JCH-2026 doirasidagi Kolumbiyaga qarshi o‘yin) ham bosh hakam sifatida faoliyat olib borgan edi.