Javohir Sindorov “Naroditsky Memorial Rapid & Blitz” g‘olibi
AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida o‘tkazilgan “Naroditsky Memorial Rapid & Blitz” musobaqasining rapid yo‘nalishida g‘oliblikka erishgan Sindorov nufuzli musobaqaning blits bahslarida ham muvaffaqiyatga erishdi.
Joriy yilgi Jahon shaxmat toji uchun amaldagi jahon chempioni hindistonlik Dommaradju Gukeshga qarshi bahsga hozirlik ko‘rayotgan Sindorov blits musobaqalarida 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. So‘nggi turda reytingda o‘zidan yuqorida turgan amerikalik Hikaru Nakamura bilan durangga imzo chekdi.

Amerikalik Uesli So 7 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, 6 ochkoga ega yana bir mezbon shaxmatchi Etan Shixan 3-o‘rin sohibi bo‘ldi.
Blits bahslaridagi chempionlik evaziga Javohir 6 ming AQSH dollariga ega chiqdi. Ushbu musobaqada qatnashgan yana bir shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov 4,5 ochko bilan 6-o‘rinni egalladi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA