Javohir Sindorov “FIDE Circuit 2026”da peshqadamlikka erishdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi “FIDE Circuit 2026” tizimi TOP—10 ro‘yxatidan joy olgan shaxmatchilar nomini e’lon qildi.
E’tiborli jihati, mazkur reytingda Javohir Sindorov peshqadamlikka erishgan bo‘lsa, Nodirbek Abdusattorov kuchli uchlikni band etdi.

Yangilangan reytingda hamyurtimiz Javohir Sindorov 93.89 ochko bilan ta’qibchilarini ortda qoldirdi. Nodirbek Abdusattorov esa 65.64 ochko jamg‘argan holda hindistonlik Praggnanandxa, AQSH vakili Fabiano Karuana, germaniyalik Vinsent Keymer, armanistonlik Xayk Martirosyan, hindistonlik Arjun Erigaisi, Fransiya vakili Alireza Firuzja va rossiyalik Yan Nepomnyashiyni ortda qoldirdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA