Javohir Sindorov AQSHda muvaffaqiyatga erishdi
AQSHning Shimoliy Karolina shtatidagi Sharlott shahrida o‘tkazilgan “Naroditsky Memorial Rapid & Blitz” musobaqasining rapid yo‘nalishida hamyurtimiz Javohir Sindorov g‘oliblik shohsupasiga ko‘tarildi.
O‘tgan yilgi Nomzodlar turnirida 1-o‘rinni egallab, Jahon shaxmat tojiga da’vogarlik qilayotgan Sindorov kecha AQSHda o‘tayotgan xalqaro turnirning rapid bahslarida 6 ochko jamg‘arib, g‘oliblikni tantana qildi.
Dunyoning eng kuchli grossmeysterlari Hikaru Nakamura, Fabiano Karuana, Uesli So, Hans Niman, Vasiliy Ivanchuk kabi nomdorlar ishtirok etayotgan turnirda Javohir rapid musobaqasida 7 ta tur o‘yin o‘tkazib, uning 6 tasida g‘alaba qozondi.

Mahoratli shaxmatchimiz tay-brekda hindistonlik Aravind Chitambaramni mag‘lubiyatga uchratdi va “Naroditsky Memorial Rapid & Blitz” musobaqasining rapid yo‘nalishi g‘olibiga aylandi.
Bugun, 4-iyul kuni umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming AQSH dollarini tashkil etadigan xalqaro turnirning 11 ta turdan iborat blits musobaqalari bo‘lib o‘tadi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA