Janubiy koreyalik shifokorlar Orolbo‘yida
Janubiy Koreyaning Inha universiteti klinikasi yetakchi mutaxassislari Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmoqda.
Joriy yilning avgust oyida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutida hamda Inha universiteti klinikasi mutaxassislari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangandi. Shu maqsadda klinika professorlari joriy yilning 3 dekabridan boshlab ortopedik tug‘ma nuqsoni bor 10 nafar bolaga jarrohlik amaliyotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.

Dastlabki jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Unda koreyalik mutaxassislar bilan birga Qoraqalpog‘iston tibbiyot instituti klinikasi shifokorlari, hamshiralari hamda talabalar ishtirok etmoqda.
Ushbu hamkorlik doirasida koreyalik professorlar mahalliy talabalarga muhim mavzularda ma’ruzalar hamda ortopedik jarrohlik amaliyoti bo‘yicha mahorat darslari o‘tadi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri