Janubiy Koreyada afv etilgan Bosh vazir Prezident bo‘ldi
Janubiy Koreya Konstitutsiyaviy sudi Bosh vazir Xan Dak Suga nisbatan impichmentni bekor qilib, uning mamlakat Prezidenti vazifasini bajaruvchi vakolatini tikladi, deb yozdi BBC.
O‘tgan yil dekabr oyida Prezident Yun Sok Yol harbiy holat e’lon qilishga uringani uchun lavozimidan chetlatilib, unga qarshi parlament tomonidan impichment e’lon qilingan. Shundan so‘ng Xan rahbar vazifasini bajara boshlagan. Afsuski, hokimiyat tepasida ikki hafta turgach, qonunchilar unga ham impichment e’lon qilish uchun ovoz bergandi.
O‘shandan beri Janubiy Koreyani Bosh vazir o‘rinbosari Choy Sang-mok boshqarib kelayotgan edi.
Umuman, Yun harbiy holat joriy etgan kundan beri ushbu mamlakatda siyosiy tartibsizlik avj olgan.
Prezident vazifasini bajaruvchi mas’uliyatini zimmasiga olganidan ko‘p o‘tmay, Xan Konstitutsiyaviy sudga yangi sudyalar tayinlanishi jarayoniga to‘sqinlik qildi. Natijada bu siyosatchi ham nishonga olina boshlandi. Shunga qaramay, bugun sudyalar impichmentni bekor qilishdi.
– Konstitutsiyaviy sudga oqilona qarori uchun minnatdorlik bildiraman, –dedi Xan. Men hukumatni tartibga keltirishga harakat qilaman.
Musulmon Ziyo, O‘zA