Jahongir Angliyada g‘olib bo‘ldi
Xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Angliyaning Xerrou shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi.
Xalqaro grossmeysterimiz Jahongir Vohidov Angliyaning Xerrou shahrida o‘tkazilgan xalqaro turnir g‘olibi bo‘ldi.Shveytsarcha tizimda o‘tkazilgan to‘qqiz turdan iborat musobaqada qirqdan ziyod shaxmatchi bahslashdi. Jahongir Vohidov polshalik Patrik Stanits, angliyalik Markus Osborn, Jeyms Jekson, Piter Batchelor, AQSh vakili Timur Gareyev, vengriyalik Tamas Fodorni mag‘lub etib, avstraliyalik Jastin Tan, vengriyalik Ferens Berkesh va angliyalik Daniyel Gormalli bilan durang o‘ynadi.
To‘qqiz turning birontasida mag‘lubiyatga uchramay, 7,5 ochko jamg‘argan Jahongir Vohidov musobaqada birinchi o‘rinni egalladi.