Jahonda qişloq xöjaligini qöllab-quvvatlaş hajmi 950 milliard dollardan oşdi
Jahonda geosiyosiy keskinlik, iqtisodiy beqarorlik va iqlim özgarişi bilan boğliq xavf-xatarlar ortişi fonida qişloq xöjaligini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş hajmi 2023–2025-yillarda qariyb 15 foizga oşdi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) hisobotida 2025-yilda dunyoda agrar sohani qöllab-quvvatlaş hajmi 950 milliard dollardan oşgani qayd etilgan. Bu hisobot qamrab olgan mamlakatlarda qişloq xöjaligi mahsulotlari umumiy qiymatining 19,1 foiziga teng.
Taşkilot ekspertlarining taʼkidlaşiça, ajratilayotgan mablağlarning asosiy qismi sohaning uzoq muddatli barqarorligini taʼminlaşga emas, balki inqirozlar oqibatlarini yumşatişga qaratilgan qisqa muddatli çoralarga yönaltirilmoqda.
Hisobotda fermerlarga körsatilayotgan yordamning qariyb 80 foizi ekologik yoki boşqa majburiy talablar bilan boğlanmagani taʼkidlangan. Mablağlarning atigi 5,7 foizi ixtiyoriy ekologik tadbirlarni amalga oşiriş, 15 foizi esa belgilangan standartlarga rioya etiş şarti bilan ajratilmoqda.
Ayni paytda, qişloq xöjaligi infratuzilmasi, ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga yönaltirilgan xarajatlar 118 milliard dollarni taşkil etgan. Ularning agrar mahsulotlar qiymatiga nisbatan uluşi 2000–2002-yillardagi 4,6 foizdan 2,4 foizga tuşgan.
IHTT mutaxassislari mavjud subsidiya va qöllab-quvvatlaş mexanizmlarini qayta körib çiqiş, mablağlarni aniq maqsadlarga yönaltiriş hamda iqlim özgarişiga moslaşuvçan qişloq xöjaligini rivojlantiriş zarurligini taʼkidlamoqda. Şuningdek, innovatsiyalar, maslahat xizmatlari va uzoq muddatli barqarorlikni taʼminlovçi loyihalarga investitsiyalarni köpaytiriş tavsiya etilgan.
A.Mamatov, ÖzA