Jahon chempionatining ochilish marosimi o‘tkazildi
23 avgust kuni Samarqand eshkak eshish kanalida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati musobaqalari boshlandi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston “Rowing&Canoe” federatsiyasi hamda Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) ko‘magida tashkil etilgan musobaqada dunyoning 51 mamlakatidan 520 nafar sportchi ishtirok etmoqda.
Chempionatning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov hamda Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) prezidenti Tomas Koniyetsko ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.
[gallery-18878]
Bahslarning ilk kunida erkaklar hamda ayollar baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 1000 metr masofaga yakkalik, juftlik bahslarida qatnashdi.
Baydarka va kanoeda eshkak eshish sport turi 1936 yilda Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan. 1938 yildan buyon jahon chempionatlari o‘tkaziladi.
Chempionat 25 avgustgacha davom etadi.
G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari