Jahon chempionatining "J" guruhidan o‘rin olgan jamoalar turnirda foydalanadigan liboslarini taqdim etdi
"J" guruhidan joy olgan Argentina, Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari qaysi brend liboslaridan foydalanishini ma’lum qildi.
Joriy yilning yoz oyida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadigan barcha terma jamoa qanday brendlar ostidagi libosda harakat qilishi aniq bo‘ldi. Ushbu turnirda "J" guruhidan joy olgan Argentina, Jazoir, Avstriya va Iordaniya terma jamoalari qaysi brend liboslaridan foydalanishini ma’lum qildi.
Guruhning ilk jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblangan Argentina termasi ushbu mundialga Adidas tomonidan ishlab chiqilgan liboslarda tashrif buyuradi. Argentinaning uy libosi an’anaga sodiq qolgan xolda oq va ochiq ko‘k ranglarning vertikal joylashgan kombinatsiyasida ishlangan. Libosning yoqa qismi dumaloq shaklda ishlangan bo‘lib, och ko‘k va qora rang birlashmasi bilan ajratilib qo‘yilgan. Shuningdek, yeng qismi ham shunaqa dizayn qilingan.

Argentinaliklaring ikkinchi formasi noodatiy tarzda ishlanganligi bilan ajralib turadi. Libosning asosiy rang qora bo‘lib, uning ustiga elektr-ko‘k rangdagi katta ornamental naqshlar tushirilgan. Bu naqshlar olov yoki shamol harakatini eslatib yuboradi. Formaning yoqasi V shaklda ishlangan bo‘lib oq rang bilan ajratilib qo‘yilgan. Formaning yeng qismiga ham aynan shu rang bilan ishlov berilgan.

Guruhning ikkinchi jamoasi Jazoir termasi ham ushbu mundialda Adidas tomonidan ishlab chiqilgan liboslardan foydalanadi. Jazoirliklarning uy libosi oq rangda bo‘lib, uning markaziga vertikal chiziqli naqshlar bilan ishlov berilgan. Libosning yoqa va yeng qismlariga ishlatilgan qizil va yashil rang kombinatsiyasi Jazoir davlatining bayrog‘ini eslatib turadi.

Jazoir safar libosida yorqin yashil rangdan foydalangan. Formaning markazida gradient va mayda teksturali naqshlar ishlatilgan, yon tomonlarida esa chiziqli effektda ishlov berilgan. Libosning yeng va yoqa qismi qizil rang bilan ajratilib qo‘yilgan.

Guruhning uchinchi terma jamoasi Avstriya ushbu turnir davomidan Puma tomonidan ishlab chiqilgan liboslarda harakat qiladi. Avstriyaning uy libosi qizil rangda bo‘lib, hech qanday naqshlarsiz oddiy dizaynda yaratilgan. Formaning yoqasi dumaloq shaklda ishlangan va qora rang bilan ajratilib qo‘yilgan. Shuningdek, libosning yenglari to‘liq qora rangda dizayn qilingan. Kiyimning ikki yon tomoniga ham qora rangdagi shaklar bilan ishlov berilgan.

Avstriyaliklarning safar libosi oq rangda ishlagan va mint yashil rangda deltalar bilan bezatilgan. Formaning yuzasida marmar effektiga o‘xshash tekstura va oltinsimon geometrik chiziqlar ishlatilgan. Libosning ikki yon tomoni esa och yashil rangdagi shaklar bilan dizayn qilingan.

Guruhning so‘nggi terma jamoasi mundial debyutantlaridan biri hisoblangan Iordaniya ushbu turnirda Kelme brendidagi liboslarda harakat qiladi. Iordaniyaning uy libosi oq rangda bo‘lib, uning ustki qismiga yarim doira va to‘lqinsimon geometrik naqshlar bilan ishlov berilgan. Libosning yoqasi dumaloq shaklda ishlangan va qizil rang bilan ajratilib qo‘yilgan. Bundan tashqari, formaning pastki ikki burchaki va yeng qismi ham aynan shu rang bilan dizayn qilingan.

Iordaniya termasining mehmon libosi birinchisi bilan faqat rang jihatdan farq qiladi. Chunki ikkala libos ham bir xil dizaynda yaratilgan. Shuningdek, safar libosning yana bir farqli tomoni uning yoqa, yeng va pastki burchaklari qora rang bilan ajratilganiliknidir.
